Rasmiy xabar: O'zbekiston MTJ 15 noyabr kuni Gruziya bilan o'ynaydi
19 okt 2021 14:05
Yangiliklar


Rasmiy xabar: O'zbekiston MTJ 15 noyabr kuni Gruziya bilan o'ynaydi
OFK kalendariga muvofiq, 8-16 noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Ushbu yig'in davomida vakillarimiz Gruziya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15 noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo'lib o'tadi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti bu haqda 17 oktyabr kuni xabar bergandi. Ayni paytda Gruziya terma jamoasini sobiq mashhur franciyalik futbolchi Villi Sanol boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar