Rasmiy xabar. O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan o'ynaydi
27 avg 2019 14:19
Yangiliklar
Rasmiy xabar. O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan o'ynaydi
Xabaringiz bor, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.
Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 5 sentyabr kuni bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
SHuningdek, 10 sentyabr kuni ham JCH-2022 saralash uchrashuvlari o'tkaziladi. Taqvimga ko'ra esa Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 2-turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O'zbekiston terma jamoasi 9 sentyabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur o'yin Iordaniya poytaxti Amman shahrida tashkil etiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar