Rasmiy xabar. Oston O'runov - "Ufa" futbolchisi
10 fev 2020 12:30
Yangiliklar


Rasmiy xabar. Oston O'runov - "Ufa" futbolchisi
RPLda ishtirok etuvchi "Ufa" klubi 19 yoshli yarim himoyachi Oston O'runov bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda boshqirdistonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. "Ufa" "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Eslatib o'tamiz, O'runov o'tgan mavsum "Loko" safida O'zbekiston chempionatida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.
Yarim himoyachi 2018 yilgi mavsumda Superliganing eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topilgan edi. O'runov O'zbekiston terma jamoasi safida 2019 yilda debyut qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar