So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  0 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

Rasmiy xabar: Osiyo chempionati sabab Superliga taqvimida o'zgarishlar yuzaga keldi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Osiyo chempionati sabab Superliga taqvimida o'zgarishlar yuzaga keldi

Osiyo Futbol Konfederaciyasida shu yilning oktyabr oyida O'zbekistonda o'tkaziladigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, mazkur Osiyo chempionati bahslari mamlakatimizdagi to'rt stadion – Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, Olmaliqdagi OKMK hamda Namangandagi “Markaziy” stadionlari mezbonlik qiladi.

Takidlash lozim, O'zPFL ishchi rejasiga ko'ra, Coca Cola Superligasi 19 hamda 20-tur bahslari Osiyo chempionati uchrashuvlari vaqtiga to'g'ri keladi. SHu bois, mazkur tur uchrashuvlari o'tkazilishi bilan bog'liq o'zgarishlar mavjud.

Jumladan, 19-turdagi AGMK – “Mashal” hamda 20 turdagi “Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvlari, “Bunyodkor” hamda OKMK stadionlari Osiyo chempionati bahslari uchun band ekanligi hisobga olinib, ushbu turda mezbonlar o'zaro joy almashadi. Tabiiyki, 6-turdagi “Mashal” – AGMK hamda 7-turdagi “Andijon” – “Bunyodkor” uchrashuvlari mezbonlari ham almashadi.

SHuningdek, 6-tur doirasidagi “Surxon” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi Termiz shahridagi hozirgi epidemiologik vaziyat tufayli Qo'qon shahriga ko'chirildi. Jamoalarning ikkinchi davra uchrashuviga esa, tabiiyki Termiz mezbonlik qiladi.

SHuni takidlash lozimki, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi ushbu mavsum taqvimi ishchi rejasini ishlab chiqqan. Ushbu taqvim terma jamoalar hamda klublar ishtirok etadigan barcha musobaqalar inobatga olinib tuzib chiqilgan bo'lib, Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan OCHL bahslari taqvimi rasman tasdiqlansa, elon qilinadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика