So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Rasmiy xabar: OFK Bosh kotibi rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi Yangiliklar

Rasmiy xabar: OFK Bosh kotibi rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Teglar :  Dato VindsorOFK
21 avgust kuni Osiyo Futbol Konfederaciyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon va Osiyo Futbol Konfederaciyasining futbol uyushmalari bilan ishlash departamenti boshlig'i Ravi Kumar rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

OFK delegaciyasining tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsadi 12 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Futbol Federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish bo'ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashdi. O'zbekiston Futbol Federaciyasida bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida Mirabror Usmonov birinchi marta O'zbekistonga tashrif buyurayotgan OFK Bosh kotibiga mamlakatda sportni, shu jumladan, futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha axborot berdi.

OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim federaciyalardan biri ekanligiga alohida urg'u berib, Osiyo bugungi O'zbekistonning xalqaro futbol maydonlardagi yutug'ini tan olayotganligini takidladi. Tomonlar, shuningdek, O'FFning hisobot-saylov konferenciyasiga doir masalalalar yuzasidan o'zaro fikr va tajriba ham almashdi.



Mirabror Usmonov bilan uchrashuvdan keyin OFK delegaciyasi O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasiga tashrif buyurib, sportni yanada rivojlantirish bo'yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dato Vindsor Jon, shuningdek, Milliy Olimpiya Qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini qisman kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldi va markaz hududida bunyod etilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladigan kardio-xirurgiya klinikasining qurilish ishlari bilan ham qiziqdi.



OFK delegaciyasi bugunning o'zida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, o'zbek futboli tarixi muzeyini ko'zdan kechirdi. “Bunyodkor” bosh direktori Murod Aliev OFK bosh kotibiga “Bunyodkor” stadionining tarixi, qurilishi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon “Bunyodkor” stadioni faxriy mehmonlari kitobida o'z dastxatini ham qoldirdi.



OFK delegaciyasi 22 avgust kuni Samarqandga tashrif buyuradi va shaharning diqqatga sazovor joylarida bo'lib, shu kunning o'zida Livanga xizmat safariga uchib ketadi.

Tashrif davomida OFK delegaciyasiga O'zbekiston Futbol Federaciyasi Birinchi vice-prezidenti va Bosh kotibi, Osiyo Futbol Konfederaciyasining ijroiya qo'mitasi azosi Sardor Rahmatullaev va O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti Asqar Tolibjonov hamrohlik qiladi.

Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика