So’nggi yangiliklar

18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   5 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  1 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  34 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  2 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  69

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov - "Tyanczin Teda" futbolchisi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov - "Tyanczin Teda" futbolchisi

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyning boshqa klubida davom ettiradi.

"Tyanczin Teda" bugun Odil Ahmedovning transferini elon qildi. 


- Bu klub ayni damda Xitoy Superligasidagi 10ta o'yinda atigi 1 ochko (!) jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etib turibdi. Jamoa bu davr mobaynida 7ta gol urib, o'z darvozasidan 25ta to'p olib chiqqan.

- Bunga qadar ushbu jamoada o'zbekistonlik o'yinchilardan Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev va Aleksandr Kleckov o'ynagan.

- Germaniyalik taniqli mutaxassis Uli SHtilike (muxlislarga Janubiy Koreya termasidagi faoliyati orqali ko'proq tanish) bu jamoaga 2017 yilning 11 sentyabrida kelgan edi. Ammo, salbiy natijalar tufayli bundan biroz oldinroq, aniqrog'i shu yilning 19 avgustida istefoga chiqarilgan.

- Ushbu klub XXI asrda faqatgina bitta sovrin yutgan xolos: 2011 yil - Xitoy Kubogi.

- "TEDA Holding"ga tegishli ushbu klub uy o'yinlarini 37,450 muxlis sig'imiga ega stadion (TEDA Football Stadium)da o'tkazadi.

- Klub 3 mavsum OCHLda o'ynagan - 2009, 2011 va 2012. "Teda" 2012 yil guruhdan 2-o'rinni olib chiqqan, ammo pley-offdagi ilk o'yinda "CHonbuk"ga imkoniyatni boy bergan.

- Jamoada 4 nafar legioner harakat qiladi. Bular: 

Frank Achimpong - 26 yoshli ushbu futbolchi Belgiyaning "Anderlext" klubida 2013-2017 yillar davomida 100dan ortiq o'yinlarda maydonga tushgan, shundan so'ng Xitoy klubiga o'tgan. Belgiyaga qadar esa "King Faysal Beybs", "Berekum CHelsi" (ikkisi ham Gana jamoalari) va "Buriram Yunayted"da o'ynagan. 2012 yildan beri Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Sandro Lima - bunga qadar Braziliya va Portugaliya klublarida o'ynagan Lima 2020 yilda ushbu klub futbolchisiga aylangan.

Jonatan - 30 yoshli strayker 2018 yilda ushbu klubga kelgan. 2016-2017 yillarda ijara asosida "Suvon Samsung" ("Sport Resife"dan)da harakat qilgan o'yinchini xitoyliklar xarid qilishga qaror qilishgan.

Feliks Bastians - "Teda"da 2018 yildan beri harakat qiladigan ushbu hujumkor futbolchi Evropadan Osiyoga kelgan. "Nottingem Forest" tarbiyalanuvchisi faoliyatini bunga qadar asosan Angliya va Germaniyada o'tkazgan.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика