So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Rasmiy xabar: "Nasaf" Fozil Musaev bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Nasaf" Fozil Musaev bilan shartnoma tuzdi

Teglar :  Fozil MusaevNasaf
Mamlakatimizning tajribali futbolchilaridan bo'lgan Fozil Musaev yana “Nasaf” jamoasi safida to'p tepadigan bo'ldi.

Fozil Musaev bundan avval ham jamoamiz safida faoliyat yuritgan. Esingizda bo'lsa, u 2007-2008 va 2011-2012 yilgi mavsumlarda “Nasaf” safida faoliyat olib borgan va mamlakatimiz chempionatida kumush medal sovrindori, ikki marta O'zbekiston Kubogi finalchisi va 2011 yili OFK kubogi sohibi bo'lgan edi. SHundan so'ng F.Musaev Toshkentning “Bunyodkor”, Qatarning “Al-Muaydar”, Toshkentning “Lokomotiv” va Eronning “Sepaxon” klublarida faoliyat olib bordi. SHuningdek 27 yoshli tajribali yarim himoyachi O'zbekiston milliy terma jamoasining azosi ham hisoblanadi.

Fozil Musaev yana jonajon klubida to'p tepishga hohish bildirdi. Jamoamiz bosh murabbiyi va klubimiz rahbariyati uni safimizga qo'shib olishga qaror qilishdi. Futbolchi klubimiz bilan bugun shartnoma imzoladi.

Endi ushbu futbolchi joriy chempionatning ikkinchi davrasidan boshlab “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubimiz shuningdek ayni paytda bir qancha xorijiy va mahalliy futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Safimizga kelib qo'shiladigan yangi futbolchilar haqida saytimiz orqali xabarlar berib boramiz.

"Nasaf" PFK matbuot xizmati


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика