Rasmiy xabar: Kumanga Barselonada kimlar yordam berishi malum
21 avg 2020 17:16
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Kumanga Barselonada kimlar yordam berishi malum
Barselona sobiq hujumchisi Xenrik Larsson jamoa murabbiylar shtabiga kirdi.
Kataloniya klubi sobiq futbolchisi va «Xoffenxaym» sobiq murabbiyi Alfred Sxroyder singari 2022 yil 30 iyuniga qadar shartnomaga imzo chekdi.
Larsson «Barselona»da 2004-2006 yillarda to'p tepgan. Klub bilan ikki bor Ispaniya chempioni bo'lgan va bir bor ECHLda g'olib chiqqan. Larsson «Xelsingborg» va «Falkenberg» kabi klublarda murabbiylik qilishga ulgurdi.
Fikrlar