Rasmiy xabar: Kanchelskis Mo'minjonovning o'rnini egallaydi
07 okt 2018 08:47
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Kanchelskis Mo'minjonovning o'rnini egallaydi
Bugun tongda Andrey Kanchelskis Namanganga etib bordi.
"Navbahor"ning guruh faol muxlislari rossiyalik mutaxassisni katta shodiyonalar bilan kutib olishdi.
Bugun soat 15:00da Andrey Kanchelskis rasman "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. Bu haqda "lochinlar"ning telegramdagi rasmiy kanali xabar berdi.
Demak 2016 yil noyabr oyidan buyon "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Ilhom Mo'minjonov o'z lavozimini tark etadi.
Eslatib o'tamiz, 3 oktyabr kuni championat.asia sayti Andrey Kanchelskis "Navbahor" bosh murabbiyi bo'lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. O'sha kuni "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ilhom Mo'minjonov bu xabarni birinchi bor eshitib turgani haqida aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar