Rasmiy xabar: Hojimat Erkinovning yangi klubi ma'lum

Narzulla Saydullayev
7 fev 2024
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAda davom ettiradi.

"Al Vahda" klubi Erkinovni o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi va unga 15-raqamli futbolka taqdim etildi.  

Oldinroq transfermarkt "Torpedo" klubi Erkinovni 30 iyun kuniga qadar "Al Vahda"ga ijaraga bergani haqida xabar bergandi. Ammo ayni paytda Erkinov "Al Vahda"ga to'liq transfer qilingani va 2026 yil 30 iyun kuniga qadar shartnoma tuzilgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. "Al Vahda" futbolchi uchun "Torpedo"ga 300 ming evro o'tkazib bergani yozilgan transfermarkt portalida.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar