So’nggi yangiliklar

08:04"Андижон" яна бир Осиё чемпиони билан шартнома имзолади  0 07:58Жозе Моуринью кечаги учрашув ҳакамига кескин айблов қўйди  2 07:34Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди  5 03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  6 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  137 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  16 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  2 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  15 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  9 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  3 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  1 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3

Rasmiy xabar: Ertaga “Navbahor”da jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Ertaga “Navbahor”da jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi

Oxirgi paytlarda “Navbahor” futbol klubida bosh murabbiy o'zgarishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar ko'payib ketdi.

“Bunyodkor” bilan bo'lib  o'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng Mo'minjonovning o'rnini boshqa bir mutaxassis egallashi mumkinligi ko'p bora takidlanmoqda. Superliganing 25-turi doirasidagi Toshkentda “Bunyodkor”dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketdi.

“Qaldirg'ochlar”dan uchralgan mag'lubiyatdan muxlislarning kayfiyati tushib ketganligi bor gap. Har holda jamoamiz ishqibozlari Toshkentga ijobiy natija ilinjida yo'l olishgandi. Lekin, natija kutilgandek bo'lmadi. Ayni paytda viloyat futbol associaciyasi va klub rahbariyati vaziyatni o'nglash, muxlislarning “Navbahor” jamoasiga bo'lgan mehrini qaytarish ustida ish olib borishmoqda. Barchaga malumki, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Bozarov jamoani yuqori o'rinlar uchun kurashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Aynan viloyat rahbarining say-harakatlari samarasi o'laroq, “Navbahor” avvalgi obro'sini yana tiklashga intilmoqda. Klubda hammasi yaxshi bo'lishi uchun hozir ham bosh qotirilmoqda.

Muxlislarimizni xotirjam qilgan holda takidlash joizki, ertaga “Navbahor” jamoasida jiddiy o'zgarishlar ro'y berishini aytishimiz mumkin. Ertaga “Navbahor” PFKda katta yig'ilish o'tkaziladi va klubda bir qator yangiliklar ro'y beradi. Mazkur yangiliklardan birinchi bo'lib, rasmiy saytimizda xabar beramiz. Bir so'z bilan aytganda, jamoamiz muxlislarining ishonchlarini oqlash va ularni xursand qilish uchun “Navbahor” PFK tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Eshitdik-da! "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Navbahor" bosh murabbiyi bo'ladi

Ilhom Mo'minjonov: "Kanchelskis keladi? Buni sizdan eshitdim"



Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика