Kanchelskis "Manchester Yunayted" va "Spartak" o'rtasida farq ko'rmayotganini aytdi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2025, 13:08
"Navbahor" sobiq ustozi Andrey Kanchelskis "Spartak" va Angliyaning "Manchester Yunayted"i o'rtasida o'xshashliklarni payqadi.

"Spartak" va MYU ko'p jihatdan o'xshash. O'tmishi zo'r bo'lgan ikkala jamoa ham hozir inqirozda. "Yunayted”"bu yil hattoki evrokuboklarga ham chiqolmasligi mumkin. "Spartak" bilan hammasi murakkabroq", – dedi Kanchelskis.

"Spartak" ayni paytda Rossiya chempionati musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. O'z navbatida, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasida 13-o'rinda ketmoqda.

"Spartak" 2025 yildagi ilk rasmiy o'yinini 2 mart, yakshanba kuni o'z maydonida "Orenburg"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru