So’nggi yangiliklar

22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  4 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  1 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  12 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4

Rasmiy xabar: Ergash Ismoilov - AGMK futbolchisi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Ergash Ismoilov - AGMK futbolchisi

Teglar :  Ergash IsmoilovAGMK
Tarkibni yanada kuchaytirishga intilayotgan va selekciya ishlarini faoldik bilan davom ettirayotgan AGMK bugun navbatdagi transferni amalga oshirdi.

AGMK o'tgan yillar mobaynida «Buxoro» sharafini himoya qilgan tezkor chap qanot himoyachisi - Ergash Ismoilov bilan shartnoma imzoladi. Ajoyib tezlik va yuqori iqtidor egasi endilikda «konchilar» libosida AGMK shanini himoya qiladi. Ergash Ismoilov erkin agent sifatida AGMK bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Ergash Ismoilov 1995 yili Xorazm viloyatida tavallud topgan.

Futbolchi 2014 yildan etiboran «Bunyodkor» jamoasida katta futbolga qadam qo'ygan. 2016 yilgi mavsumda «Metallurg» sharafini himoya qilgan. 2017-2020 yillarda esa «Buxoro»da barqaror o'yin ko'rsatgan iqtidor egasi yangi mavsumdan boshlab AGMK libosini kiyadi. Ergash Ismoilov faoliyati davomida jami 110 uchrashuv o'tkazgan hamda raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol etgan.

O'zbekiston chempionatida jami 104 o'yin va kubokda 6 bellashuv o'tkazgan.

Ismoilov AGMK bilan shartnoma imzolaganidan benihoyat xursand kayfiyatda AGMKdagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Ergash Ismoilov: «AGMK ahil oilasi meni iliq kutmb oldi. Garchi endigina jamoaga qo'shilgan bo'lsamda taasscrotlar bir olam. To'g'risi, mana 4 yildan buyon «Buxoro»da o'ynadim va endi o'zimni kuchli jamoada sinab ko'rish ishtiyoqi paydo bo'ldi. AGMK o'tgan ikki mavsumdan buyon barqaror va yuqori darajadagi jamoaga aylanmoqda. Qolaversa, AGMKda Mirjalol Qosimov boshqaruvida o'ynash istagi meni Olmaliqqa chorladi. AGMKni tanlaganidan xursandman. Reja va maqsadlar ulkan. Xudo xohlasa yangi mavsumda yanada kuchliroq o'ynab, Olmaliq shahriga yangi g'alabalarni taqdim etishga urinamiz. Agarda yangi jamoamda 28-raqam bo'sh bo'lsa, odatdagidek o'zim uchun sevimli bo'lgan 28-raqamni tanlashni rejalashtirganman. Mabodo boshqa tomondan ushbu raqam band etilgan bo'lsa, mayli boshqa raqamni tanlayman. AGMK uchun 2021 yilgi mavsum chiroyli o'tishiga umidvorman. Superliga, kubok va xalqaro maydonda ko'zlangan vazifa va maqsadlarga erishamiz, degan umiddaman».

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Ergash!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика