Rasmiy xabar: Dostonbek Hamdamov "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdi
13 jan 2021 18:34
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Dostonbek Hamdamov "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdi
Dubayning "Al Nasr" klubi o'zbekistonlik futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzganini elon qildi. Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasi yakunlangani bois "Al Nasr"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti 7 yanvar kuni Hamdamov "Al Nasr"ga ko'chib o'tishi haqida xabar bergandi.
Malumot uchun, Dubayning "Al Nasr" klubi 1945 yilda tashkil topgan. O'z uy o'yinlarini 15058 tomoshabinga mo'ljallangan "Al Maktum" stadionida o'tkazadi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. BAA pro ligasida 12ta turdan keyin "Al Nasr" 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Klub safida Rayan Mendes (Kabo Verde), Brandli Kuvas (Kyurasao), Dia Saba (Isroil), Toze (Portugaliya) kabi legionerlar faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar