Rasmiy xabar. "Bunyodkor" Sanjar Tursunov va Timur Ayupov bilan shartnoma tuzdi
06 avg 2019 23:31
Yangiliklar


Rasmiy xabar. "Bunyodkor" Sanjar Tursunov va Timur Ayupov bilan shartnoma tuzdi
“Bunyodkor” futbol klubi transfer oynasining oxirgi kunidan unumli foydalanib qoldi hamda yozgi so'ngi haridlarini amalga oshirishga ulgurib oldi.
Janubiy Koreyaning “Tedjon Sitizen” klubidan yurtimizga qaytgan taniqli o'zbek futbolchilaridan biri Sanjar Tursunovga “77” raqami berildi.
So'ngi mavsumda Greciyaning “Panegialios” jamoasida to'p surgan hujumchi Timur Ayupov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning “qaldirg'ochlar” safidagi o'yinlari ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Jamoaga yana qo'shilgan Timur “46” raqamini oldi.
Kecha 57 yoshini nishonlagan bosh murabbiy Vadim Abramovni klub xodimlari muborakbod etganlari haqida avval xabar bergandik. Bugun esa, yangi futbolchilarga raqamlar topshirish bahonasida, Vadim Karlenovichga ham, ramziy manoda, 57-raqam tuhfa etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar