So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  6 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi

Mavsum yakunlanganidan so'ng biroz hordiq chiqarish uchun tanaffusga chiqqan “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Xabaringiz bor superliganing 2-davrasida “Qo'qon-1912” jamoasiga vaqtincha bosh murabbiyi etib Aziz To'xtaboev tayinlangan edi. Aziz To'xtaboev o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqdi hamda “Qo'qon-1912” jamoasini superligada o'z o'rnini saqlab qolishida o'zining munosib hissasini qo'shdi. SHuningdek jamoning natijalariga o'zining qimmatli maslahatlari hamda tajribasi bilan yordam bergan Timur Kapadzega ham jamoa rahbariyati nomidan minnatdorchilik izhor qilamiz, - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912” jamoasiga bugun yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati o'zaro muzokaralardan so'ng yana bir Qo'qon farzandi, o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor Ashurmatovni “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bugun jamoa ofisida “Qo'qon-1912” klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Ashurmatov o'zaro shartnomaga imzo chekdilar. 


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика