Rasmiy xabar: Andrey Miklyaev - Surxon bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2019, 10:08
Bugun Surxon futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Klub vice-prezidenti Bahrom Mamatkulov Termizda Surxon sport majmuasida olib borilayotgan ishlarga rahbarlik qilayotganligi sababli, yig'ilishni Surxon futbol klubi mamuriyat rahbari Ikrom Ibragimov va yordamchi murabbiy Grigoriy Seytlin Semyonovich olib bordilar. Yig'ilishda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etdilar.

Bugungi qadar, jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Anvar Soliev, yana klubning sport direktori lavozimiga o'tkazildi.

Klub mutasadillari bir necha kun davomida bir qator murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqdilar.

Yakunda, barchamizga yaxshi tanish, asli kelib chiqishi Surxordaryolik bo'lgan, 2016-2018 mavsumni Toshkentning Lokomotiv jamoasida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan, PRO murabbiylik licenziyasiga ega, Andrey Miklyaev Surxon jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Murabbiy oldiga ulkan vazifalar qo'yildi. Xususan, yaxshi jamoa shakllantirib, Surxondaryolik futbolchilarga ham ko'proq e'tibor qaratib, imkon qadar ularni ham jamoaga jalb qilish kerakligi takidlandi.

Shuningdek, Surxon futbol klubi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan chiqarilayotgan har bir qarorni hurmat qiladi!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати