Rasmiy xabar: Aliqulov Koreya klubi bilan shartnoma tuzdi
17 jan 14:48
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Aliqulov Koreya klubi bilan shartnoma tuzdi
K2 Ligasida ishtirok etuvchi "Pusan IPark" klubi 1979 yilda tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 53769 tomoshabinga mo'ljallangan "Busan Asiad Main Stadium" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Park Jin Sub boshqarmoqda. "Pusan" 4 marta mamlakat chempioni bo'lgan, bir marta Koreya FA kubogi, 3 marta Koreya Liga kubogi, bir marta Koreya Superkubogini qo'lga kiritgan. 1986 yilda Osiyo klublar chempionatida g'olib chiqqan.
"Pusan" o'tgan mavsum K2 ligada ikkinchi o'rinni egallab K1 ligaga chiqish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etdi. Biroq finalda "Suvon"ga imkoniyat boy berildi.
Malumot uchun, 26 yoshli Muhammadali Aliqulov o'tgan mavsum "Metallurg" tarkibida 14 ta o'yinda qatnashib, 2 ta sariq kartochka olgan edi.
Malumot uchun, Muhammadali Aliqulov "Rizespor" va O'zbekiston MTJ himoyachisi Husniddin Aliqulovning akasi hisoblanadi.
O'zbekistonlik legionerlar soni bittaga ko'payadi. Aliqulov Koreyaga yo'l olmoqda
Fikrlar