So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  15 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Rasmiy xabar: Aktamov "Qizilqum"dan ketdi, PFL klubni jazolaydi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Aktamov "Qizilqum"dan ketdi, PFL klubni jazolaydi

Navoiyning “Qizilqum” klubida bosh direktor sifatida ishlab kelayotgan Hamidjon Aktamov shu yilning 18 mart kuni o'z arizasiga ko'ra ishdan ketgan. Bu haqda klub oradan 18 kun o'tib - 5 aprel kuni malumot berdi.

“2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 8.4-bandida klub o'z rasmiysi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilsa, O'zPFL uch kun ichida bu haqda yozma ravishda ogohlantirilishi hamda ozod etilgan shaxs licenziyasi O'zPFLga topshirilishi lozim ekani ko'rsatilgan. SHuningdek, “Licenziyalash reglamenti”ning P.14 mezoni 3-bandida shunday yozilgan: “Licenziya talabgori lavozimning bo'shab qolganligi va ushbu lavozimda yangi mutaxassis ish boshlagani to'g'risida ko'pi bilan etti (7) ish kuni ichida O'zPFLni xabardor qilishi zarur”.

SHunga qaramay, “Qizilqum” na o'z rasmiy sahifalarida va na xat orqali bu haqda rasmiy malumot taqdim etdi. SHundan kelib chiqib, “Qizilqum” futbol klubi jarimaga tortiladi. Biz qolgan klublarni ham jamoatchilik uchun ochiq bo'lishga hamda o'z muxlislarini klubga tegishli malumotlardan vaqtida xabardor qilishga chaqiramiz.

Malumot uchun, “Qizilqum” futbol klubi O'zPFLga taqdim etgan xatida Hamidjon Aktamovning sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Alisher Xoliqov direktor vazifasini bajarayotganini qayd etgan", - deb yozadi PFL matbuot xizmati. 





Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика