Rasmiy xabar: 2021 yilda "Navbahor"ni kim boshqarishi malum
27 dek 2020 17:59
Yangiliklar
Rasmiy xabar: 2021 yilda "Navbahor"ni kim boshqarishi malum
Yangi mavsumda ham "Navbahor"ni No'mon Hasanov boshqaradigan bo'ldi.
"Yakunlangan mavsumda Andrey Kanchelskisdan “Navbahor”ni qabul qilib olgan qo'qonlik mutaxassis klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
No'mon Hasanovga murabbiylar shtabida serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich yordam beradi. SHuningdek, yurtimizning taniqli mutaxassisi Viktor Romanovich Jalilov jamoaga maslahatchi murabbiy etib tayinlandi.
“Navbahor”ning murabbiylar shtabidan Mustafo Bayramov, SHerzod Jo'raev, Denis Toymencov va darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham o'rin olishdi.
Biz yangi murabbiylar shtabiga 2021 yilgi mavsumda omad yor bo'lishini tilaymiz", - deb yozadi “Navbahor” klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar