So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германийда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  4 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

Rasmiy o'yinlardagi noqulay raqib - Bahrayn Yangiliklar

Rasmiy o'yinlardagi noqulay raqib - Bahrayn

Bahrayn terma jamoasi bilan rasmiy uchrashuvlarda 5 marta to'qnash kelganmiz va ularning birortasida ham g'alabaga erishmaganmiz.


Lekin o'sha bellashuvlar bo'lib o'tgan mahalda Bahrayn tarixida eng kuchli terma jamoa va futbolchilar avlodi maydonda harakat qilganini takidlab o'tish lozim. Hozir esa bizning saviyamiz bu jamoanikidan kuchliroqdek ko'rinmoqda. SHunga qaramay, Bahrayn o'z maydonida hech kimga osonlikcha taslim bo'lmaydi.

Rasmiy bahslarda Bahraynni bir marta engganmiz, biroq o'sha uchrashuv natijasi keyinchalik bekor qilingan. Osiyo Kubogi-2004 chorak finalida penaltilar seriyasida yutqazganmiz. 2006 yilgi jahon chempionati saralash pley-offida 1:1 va 0:0 hisoblari qayd etilgan. Duranglar Bahraynni keyingi bosqichga olib chiqqan. 2010 yilgi mundial saralashida esa Bahrayn har ikki o'yinda kichik natija bilan muvaffaqiyat qozongan. Oxirgi 3 bellashuv o'rtoqlik bahslariga to'g'ri kelib, unda bir g'alaba va ikki durang qayd etdik.

Bahrayn futbolining eng kuchli avlodi 2004-2010 yillarda terma jamoada faoliyat ko'rsatishdi. Alo va Muhammab Hubayl, Talal Yusuf kabi futbolchilar Bahraynning etakchilari sanalgan. O'shanda Bahrayn ikki marta jahon chempionatiga yo'llanma olishga yaqin keldi. 2006 yilgi JCH yo'lida so'nggi saralash o'yinlarida Trinidad va Tobagoga ikki bellashuv natijasiga ko'ra, imkoniyat boy berilgan. 2010 yilgi mundialga borish yo'lida Yangi Zelandiya qarshiligini engish ushbu terma jamoaga nasib etmagan. 2004 yilgi Osiyo Kubogida yarim finalgacha etib borish ham eng yaxshi natija hisoblanadi.


BAHRAYN TERMA JAMOASI

Laqabi: “qizillar” (“Al Ahmar”)

Bosh murabbiyi: Serxio Batista (Argentina)

Eng ko'p o'ynagan futbolchisi: Salmon Isa (156 uchrashuv)

To'purari: Ismoil Abdullatif (34 gol)

Uy stadioni: “Bahrayn milliy stadioni”

FIFA reytingidagi o'rni: 123

Eng yuqori o'rni: 44 (2004 yil sentyabr)

Eng quyi o'rni: 139 (2000 yil mart)

Birinchi uchrashuvi: Quvayt – 4:4 (Bog'dod, Iroq, 1966 yil 2 aprel)

Eng yirik g'alabasi: Indoneziya – 10:0 (Riffa, Bahrayn, 2012 yil 29 fevral)

Eng yirik mag'lubiyati: Iroq – 1:10 (Bog'dod, Iroq, 1966 yil 5 aprel)


Oxirgi paytlarda Bahraynning natijalari yana salbiy ko'rinish olishni boshladi. Osiyo Kubogidan avval jamoaning tarkibi yoshartirib yuborildi. Uzoq yildan beri o'ynab kelayotganlardan Said Muhammad Abbos, Hussayn Baba, Fauzi Aaish, Said Muhammad Adnan singari futbolchilar tarkibda mavjud. Osiyo Kubogida Bahrayn guruhdan chiqa olmadi. O'yini esa yomon taassurot qoldirmadi. SHundan keyin Bahrayn mart oyida o'z maydonida Kolumbiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda to'liq ustunlik qilgan mehmonlar 6:0 hisobida zafar quchishdi. Keyin Filippin va Tailand bilan o'rtoqlik bellashuvlari tashkil etildi. Qizig'i, Filippinni o'rtoqlik o'yinida enggan Bahrayn saralash bosqichining 1-tur uchrashuvida 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Keyin esa uyda KXDRga imkoniyat boy berib qo'yildi. Birinchi g'alaba Yaman bilan Qatarda bo'lib o'tgan bellashuvda qo'lga kiritildi. Serxio Batista shogirdlari o'sha kuni raqib darvozasiga javobsiz 4 to'p kiritishdi.

26 mart  Bahrayn – Kolumbiya – 0:6

30 mart  Bahrayn – Filippin – 2:1 (Aaish 29, Yosir 31)

5 iyun  Tailand – Bahrayn – 1:1 (Issa 81)

11 iyun  Filippin – Bahrayn – 2:1 (Malud 90+3)

3 sentyabr  Bahrayn – KXDR – 0:1

8 sentyabr  Yaman – Bahrayn – 0:4 (Ali Baba 31, Husayni 45, Omar 66, Adnan 77)

Bahrayn qirolligida 1,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. SHulardan taxminan yarmi tub aholi sanaladi. Tabiiyki, ular orasidan futbolchi etishtirish oson vazifa emas. SHunga qaramay, futbol borasida ushbu qirollik qitamizda kuchlilar qatoriga intilayotgan davlatlardan biri bo'lib qolmoqda.

BAHRAYN FUTBOL ASSOCIACIYASI

Tashkil topgan yili: 1957

FIFA azosi: 1968

OFK azosi: 1969

Prezidenti: SHayx Ali Bin Xalifa Al Xalifa

Rasmiy sayti: Bfa.bh

O'zbekiston bilan uchrashuv bo'lib o'tadigan stadion Riffa shahrida joylashgan bo'lib, uning sig'imi 41580 tomoshabinga mo'ljallangan. 1982 yil ishga tushirilgan stadion 2013 yilgi Ko'rfaz Kubogi o'yinlari arafasida qayta tamirlangan.

BAHRAYN QIROLLIGI

Hududi: 765 kv.km.

Aholisi: 1 mln 343 ming

Poytaxti: Manama

Yirik shaharlari: Riffa, Muharraq, Sitra

Rasmiy tili: arab

Pul birligi: Bahrayn dinori

Internet domeni: .bh

Bosh murabbiy argentinalik sobiq futbolchi Serxio Batistadir. Batista 1986 yil Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqqan. Faoliyatini asosan Argentina klublarida o'tkazgan va mamlakatning  eng taniqli tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblangan. Murabbiylik faoliyatida 2008 yil Olimpiada o'yinlarida Argentinani muvaffaqiyatga etaklab kelgan. Milliy terma jamoani ham boshqargan. Amerika Kubogidagi omadsizlik tufayli istefoga chiqarilgan. 2011 yil Xitoy superligasining “SHanxay SHenxua” klubiga boshchilik qilgan. SHu yildan Bahrayn terma jamoasiga taklif etildi. Ungacha mahalliy mutaxassis Marjan Eyd termaga boshchilik qilib kelgandi. Batista ko'proq kombinacion va hujumkor futbolga etibor qaratib kelyapti.

Serxio BATISTA

Tug'ilgan sanasi: 09.11.1962

Tug'ilgan joyi: Buenos Ayres, Argentina

Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1981–1988 “Argentinos Xuniors” 253 (25), 1988–1990 “River Pleyt” 52 (2), 1991 “Argentinos Xuniors” 19 (0), 1992–1993 “Nueva CHikago” 5 (0), 1995–1996 “Tosu Fyuchers” 95 (5), 1997–1999 “Oll Boyz” 60 (1).

Argentina terma jamoasida 1985-90 yillarda 39 uchrashuv o'tkazgan.

Boshqargan jamoalari: 2000 “Bella Vista”, 2001–2003 “Argentinos Xuniors”, 2003 “Talleres”, 2004 “Argentinos Xuniors”, 2004–2005 “Nueva CHikago”, 2007 “Godoy Kruz”, 2007–2010 Argentina olimpiya terma jamoasi, 2010–2011 Argentina terma jamoasi, 2012–2014 “SHanxay SHenxua”, 2015 yildan Bahrayn terma jamoasida.

Erishgan yutuqlari: Argentina chempioni-1984, 1985, 1990, Libertadores Kubogi sohibi-1985, jahon chempioni-1986, yozgi Olimpiada g'olibi-2008.

Terma jamoa tarkibiga nazar tashlasak, unda futbolchilarning asosiy qismi Bahrayn chempionatida o'ynashini ko'rish mumkin. Sentyabr oyida ushbu mamlakatda yangi futbol mavsumi start oldi. Hozircha jamoalar faqat kubok bahslarida maydonga tushishdi. Uch nafar futbolchi xorij chempionatlarida o'ynashadi. Fauzi Aaish Qatar, Jeysi Jon Tailand, Abdulla Omar Saudiya Arabistoni klublarida to'p tepishadi.

Bahrayn terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar:

Said Muhammad Abbos  Muharraq

Hamad Al Dosari  Riffa

Ashraf Alsebay  Manama

Himoyachilar:

Abdulla SHallal  Riffa

Mahmud Muxtor  Hidd

Abdulla Hazaa    Hidd

Said Muhammad Adnan  Hidd

Husayn Ali Baba  Muharraq

Muhammad Ali Hasan    Riffa

Rashid Xuti  Riffa

Yarim himoyachilar:

Said Dhiya  Riffa

Abdulla Yosir  Muharraq

Komil Al Asvad  Riffa

Said Ahmad  Busaytin

Abdulvahob Malud  Hidd

Fauzi Aaish  Al Sailiya, Qatar

Abdulla Omar  Al Ittifoq, Saudiya Arabistoni

Jamol Rashid  Al Ahli

Hujumchilar:

Isa Musa  Manama

Abdulla Yusuf  Ist Riffa

Muhammad Alavi  Najma

Said Hoshim  Malikiya

Abdulla Janahi  Ist Riffa

Sami Husayni  Busaytin

Jeysi Jon  Bangkok Yunayted, Tailand

Ismoil Abdullatif  Muharraq


Bahrayn – O'zbekiston uchrashuvi 8 oktyabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da “Bahrayn milliy stadioni”da boshlanadi. Umid qilamizki, ushbu raqib ustidan rasmiy uchrashuvlardagi birinchi g'alabamizni ertaga o'tadigan bellashuvda qo'lga kiritamiz.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика