Rasman: Jerrard "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzoladi
07 jan 2015 22:14
Yangiliklar


Rasman: Jerrard "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzoladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Stiven Jerrard keyingi mavsumdan boshlab o'z faoliyatini AQSHda davom ettiradi.
Stiven Jerrard "Los-Anjeles Gelaksi" jamoasi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, Jerrard uchun ushbu jamoa faoliyatidagi ikkinchi klub bo'ladi. Stiven Jerrard 17 yildan buyon mersisaydliklar libosida maydonga tushib keladi.
Stiven Jerrard "Liverpul" tarkibida 700dan ortiq o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasiga 182 marotaba to'p kiritgan.

Fikrlar