Rasman: “Yuventus” Makkennini “SHalke”dan to'liq sotib oldi
03 mar 2021 19:25
Yangiliklar


Rasman: “Yuventus” Makkennini “SHalke”dan to'liq sotib oldi
Bungacha Ueston Makkenni turinliklar tarkibida ijara asosida harakat qilayotgandi.
“Yuve” bitim shartlariga ko'ra, futbolchini to'liq sotib olishga qaror qildi.
“SHalke” mazkur transferdan 18,5 mln evro oladi va “Yuventus” ushbu summani 3 yil davomida bo'lib to'laydi. SHuningdek, kelishuvda qo'lga kiritiladigan turli yutuqlar uchun 6,5 mln evro miqdorida bonuslar ham belgilangan.
Futbolchi A Seriya grandi bilan 2025 yil 30 iyungacha shartnoma tuzdi.
Amerikalik joriy mavsum chempionatda 21 o'yin o'tkazib, 4+2 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar