Rasman: Yuran "Nijniy Novgorod" ustoziga aylandi
04 apr 2023 11:58
Yangiliklar


Rasman: Yuran "Nijniy Novgorod" ustoziga aylandi
Rossiyalik mutaxassis Sergey Yuran Ibrohimhalil Yo'ldoshev harakat qiladigan "Nijniy Novgorod" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
53 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi "Ximki" bo'lgandi. U bu jamoani 2022 yilning avgustida tark etgan edi.
Avvalroq nijniy novgorodliklar oldingi bosh murabbiy Artyom Gorlov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishgandi.
Jamoa RPL musobaqa jadvalida 19 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar