Rasman. Xummels kelasi mavsumdan "Bavariya" safida to'p tepadi
10 may 2016 15:52
Yangiliklar
Rasman. Xummels kelasi mavsumdan "Bavariya" safida to'p tepadi
"Bavariya" rasmiy sayti hozirgina Dortmundning "Borussiya" himoyachisi Mats Xummelsni kelasi mavsumdan myunxenliklar safida o'ynashini tasdiqladi.
"Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mats Xummels 2016/17 mavsumni Myunxen klubida o'tkazadi. U tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng, klub bilan 2021 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolaydi" - deyiladi klub bergan xabarda.
"Mats Xummels "Bavariya"ni tanlaganidan xursandmiz. Mats jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi va biz u bilan jamoamiz sifatini oshirib olamiz" - deydi klub bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar