Rasman: Xavi Simons faoliyatida ilk bora professional shartnomaga imzo chekdi
23 iyu 2019 22:20
Yangiliklar


Rasman: Xavi Simons faoliyatida ilk bora professional shartnomaga imzo chekdi
Xabaringiz bor, bugun Barselonaning yosh iqtidorli futbolchisi Xavi Simons klub strukturasini tark etdi.
Bunga kataloniyaliklar va 16 yoshli yarim himoyachining agenti Mino Rayola o'rtasidagi nizolar sabab bo'lgan deya baholanmoqda. Yarim himoyachi endigi faoliyatini PSJda davom ettiradi. Xavbek parijliklar bilan uch yillik kelishuvga erishgan. Aytish joizki, bu gollandiyalik vunderkindning ilk professional shartnomasidir.
Eslatib o'tamiz, Simons «ko'k-anorranglilar»ning turli yosh toifasidagi jamoalarida 9 yil faoliyat olib bordi. «Barsa» joriy yozda esa u bilan shartnoma tuzmoqchi edi. Biroq, bu amalga oshmay qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar