Rasman: “Vulverxempton” Eshpiritu Santu bilan kelishuvni uzaytirdi
13 sen 2020 20:45
Yangiliklar


Rasman: “Vulverxempton” Eshpiritu Santu bilan kelishuvni uzaytirdi
Portugaliyalik mutaxassis “bo'rilar” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
46 yoshli Santu 2017 yilning mayida jamoani qabul qilib olib, “Vulverxempton”ni APLga olib chiqqan edi.
2018/19 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Vulvz" 39 yillik tanaffusdan so'ng evrokuboklarga yo'l oldi. “Bo'rilar” Evropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining chorak finalida musobaqaning bo'lajak g'olibi “Sevilya”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o'tamiz, jamoa APL yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 14 sentyabr kuni safarda “SHeffild”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar