Rasman: “Vulverxempton” Eshpiritu Santu bilan kelishuvni uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020, 20:45
Portugaliyalik mutaxassis “bo'rilar” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

46 yoshli Santu 2017 yilning mayida jamoani qabul qilib olib, “Vulverxempton”ni APLga olib chiqqan edi.

2018/19 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Vulvz" 39 yillik tanaffusdan so'ng evrokuboklarga yo'l oldi. “Bo'rilar” Yevropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining chorak finalida musobaqaning bo'lajak g'olibi “Sevilya”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.

Eslatib o'tamiz, jamoa APL yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 14 sentyabr kuni safarda “Sheffild”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Wolves