Rasman: Vensan Abubakar Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylandi!
09 iyu 2021 01:16
Yangiliklar


Rasman: Vensan Abubakar Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylandi!
Kamerunlik hujumchi Vensan Abubakar Turkiyaning "Beshiktosh" klubini Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasiga almashtirdi.
29 yoshli hujumchi "Al Nassr" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. U yiliga 5 million evro ishlab olishi malum qilindi.
Xabarlarga qaraganda, futbolchi uchun "Al Ittihod" ham davogarlik qilgan va 3 yil ichida 13 million evro maosh to'lishini aytgan, ammo forvard yakunda "Al Nassr"ni tanlashga qaror qilgan.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi azosi Jaloliddin Masharipov aynan "Al Nassr" futbolchisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar