

“Krishtianu bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, u kelishidan oldin ham murabbiyga ketishni xohlayotganimni aytgandim. Ronaldu kelishi bilan xorijlik futbolchilardan biri ketishga majbur bo'lardi. Ronaldu mendan qolishni so'radi va klub ham shuni istayotgandi, ammo ketishni istadim. “Al Nassr” maoshimni mavsum oxirigacha to'lashga tayyor turgandi”, deydi kamerunlik forvard.
31 yoshli Abubakar Saudiya Arabistoni chempionati joriy mavsumida 11 bahsda qatnashib, 4+1 natija ko'rsatdi. Turkiya Superligasida esa “Beshiktosh” bilan 4 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va samarali natija qayd etolmadi.



