"Al Nassr"dan ketgan legioner MYUga o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
6 yanv 2023
"Al Nassr" hujumchisi Vensan Abubakar tez orada Angliya Premer-ligasida paydo bo'lishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, kamerunlik futbolchi "Manchester Yunayted"da mavsum oxirigacha ijarada o'ynamoqchi.

Futbolchining xizmatlariga Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi ham qiziqish bildirmoqda, bu esa “qizil iblislar” uchun vaziyatni biroz chigallashtirishi mumkin. Erik ten Xag shogirdlari mavsum yakuniga qadar qisqa muddatga yangi hujumchi olish niyatida turibdi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Abubakarning Krishtianu Ronaldu jamoaga qo'shilgani sababli ortiqcha legioner limiti oqibatida klubni tark etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Okaz