Rasman: Vanolidan so'ng 33 yoshli Abaskal "Spartak" bosh murabbiyi etib tayinlandi
10 iyu 2022 13:55
Yangiliklar
Rasman: Vanolidan so'ng 33 yoshli Abaskal "Spartak" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Ispaniyalik mutaxassis Gilermo Abaskal Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 33 yoshli mutaxassis ushbu mavsum "Bazel" bilan birga SHveycariya chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan.
Oldinroq, Moskva klubi Paolo Vanoli va uning murabbiylar shtabi "Spartak"ni tark etganini elon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov huquqiy jihatdan "Spartak" klubiga tegishli.
Fikrlar