Rasman: Uesli Sneyder "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydi
05 jan 2018 21:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/297922_original.jpg)
![](/upload/storage/297922_220.jpg)
Rasman: Uesli Sneyder "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydi
Gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Sneyder faoliyatini Qatar Yulduzlar ligasida davom ettiradigan bo'ldi.
Futbolchi Qatar chempioni "Al-Garafa" bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik. "Al Garafa" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi Sneyder bilan kelishuvga erishilganini rasman elon qildi.
Uesli Sneyder "Ayaks", "Real", "Inter" kabi klublarda to'p tepgan. U 2010 yilgi Jahon chempionatida finalda o'ynagan va "Inter" safida 2010 yil Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" "Paxtakor"ning Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqibi hisoblanadi. "SHerlar" 30 yanvar kuni Qatar chempioniga qarshi bahs o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar