Rasman: "Turon" bosh homiysiz qoldi
17 iyu 2023 18:50
Yangiliklar
Rasman: "Turon" bosh homiysiz qoldi
Bir necha soat oldin saytimiz orqali klub bosh homiysi "Turon Eco Cement" klub homiyligidan ketish arafasida ekanligi haqida malum qilgan edik. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, bugun tushlikda klubda yig'ilish o'tkazilgan va unda bu haqida malum qilingan. Futbolchi va murabbiylarga o'zlariga boshqa jamoa topishi mumkinligi aytilgan. SHundan so'ng "Turon" bosh murabbiyi Denis Bushuev instagram sahifasida klubga minnatdorchilik bildirgan va bilishimizga qaraganda u o'z yurtiga jo'nab ketmoqda. Jamoa futbolchilarining ko'pchliligi klub qarorgohini tark etgan va faqat mahalliy futbolchilar qolgan.
"Turon Eco Cement" esa rasman klub bosh homiyligidan chiqqan. Ammo bu degani klubning faoliyati tugatilganini anglatmaydi. Bu hozircha aniq emas. Agarda "Turon" o'ziga boshqa xomiy topa olsa, Farg'ona viloyati hokimligidan ko'mak bo'lsa faoliyatini davom ettirishi mumkin. Lekin bu hali so'roq ostida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar