Rasman: Temurxo'ja Abduxoliqov "Qizilqum" o'yinchisiga aylandi
26 jan 2022 17:14
Yangiliklar


Rasman: Temurxo'ja Abduxoliqov "Qizilqum" o'yinchisiga aylandi
Yakunlangan mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida xarakat qilgan, O'zbekiston terma jamoasiga muntazam nomzod bo'lgan, O'zbekiston kubogida 2 marotaba va chempionatda 3 marta chempion bo'lgan, Xorvatiyaning “Xayduk”, Qatarning “As Sayliya” jamoalarida legioner bo'lib bir necha mavsum xarakat qilgan, 2019 yilda O'zbekiston Superligasi to'purari hisoblangan tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov yangi 2022 yilgi mavsumdan "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.
Temurxo'ja Abduxoliqov haqida qisqacha malumot:
To'liq ismi: Temurxo'ja Abduxoliqov
Tug'ilgan sana: 25.09.1991. y
To'g'ilgan joyi: Toshkent
Millati: O'zbek
Ampula: Hujumchi
Futbolchining to'p surgan jamoalari: “Bunyodkor – 2” , “Paxtakor” , “Xayduk” (Xorvatiya), “Lokomotiv”, “As Sayliya” (Qatar), “Xaur-Fakkan” (BAA).
Eslatib o'tamiz, oldinroq hujumchining navoiyliklar bilan kelishuvga erishganini "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar qilgan edik.
Eshitdik-da! Temurxo'ja Abduxoliqov yangi klubi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar