Rasman: "Surxon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Qo'qon shahriga ko'chirildi
18 iyu 2020 17:48
Yangiliklar


Rasman: "Surxon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Qo'qon shahriga ko'chirildi
Surxondaryo viloyatdagi epidimiologik vaziyat va koronavirus infekciyasi tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 16 iyun sanasidan Termiz shahriga kirish – chiqish to'xtatildi va karantin choralari kuchaytirildi.
SHuningdek, Termiz shahri Respublikamizning "qizil" hududiga aylandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Surxon" futbol klubi O'zPFLga ushbu o'yinni ko'chirish bo'yicha yozma ravishda murojaat qildi. O'zbekiston Professional ligasi viloyatdagi vaziyatdan kelib chiqib, 2020 yilning 25-iyun kuni O'zbekiston Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Qo'qon shahriga ko'chirildi.
Ikkinchi davra doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi esa Termiz shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar