So’nggi yangiliklar

00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  11 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  0 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  1 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  7 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  16 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1

Rasman: Superligada istefo Yangiliklar

Rasman: Superligada istefo

Superliganing 8-turidan keyin chempionatdagi ikkinchi istefo ruy berdi.

"Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov saytimizga istefoga chiqqani haqida malum qildi.

Joriy mavsumdan etiboran "Buxoro" bosh murabbiyiga aylangan Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga binoan istefo chiqarildi.

Termizdagi "Surxon"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin mutaxassis "Buxoro"ga o'zgarish foyda keltirishini rahbariyatga malum qilib, istefo chiqishi haqida bildirgan. Ammo klub rahbariyati Ashurmatovni jamoada olib qolishni istagan. Biroq bugun Ashurmatov rahbariyat bilan bo'lgan navbatdagi suhbatdan keyin ketishga qaror qilganini tushuntirgan va bu o'zgarish jamoa foydasiga xizmat qilishini takidlagan.

SHu tariqa mazkur istefo Superligada joriy mavsumdagi ikkinchi murabbiy o'zgarishi bo'ldi. Bunga qadar "So'g'diyona"da murabbiy o'zgargan va Lushan o'rniga Ulug'bek Baqoev tayinlangandi.

Qayd etish kerakki, o'tgan mavsum avvalida mazkur ikkala mutaxassis "Buxoro"da birga faoliyat ko'rsatishgandi. Keyinroq Ashurmatov AGMK ruliga o'tib ketib, olmaliqliklar bilan O'zbekiston Kubogida g'olib chiqishni uddalagandi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Buxoro" chempionatda 8-turdan keyin 6 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Ashurmatov qo'l ostida "Buxoro" o'tkazilgan 8 uchrashuvda 1 g'alaba, 3 durang va 4 mag'lubiyat qayd etgan.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика