Rasman: SHota Arveladze "Paxtakor" bosh murabbiyi (FOTO)
23 iyu 2017 22:14
Yangiliklar
Rasman: SHota Arveladze "Paxtakor" bosh murabbiyi (FOTO)
"Paxtakor" stadioni matbuot anjumanlari zalida bo'lib o'tgan tadbir boshida klub rahbariyati gruziyalik taniqli futbol mutaxassisi SHota Arveladze bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi.
SHota Arveladze ikkinchi davradan boshlab jamoa boshqaruviga o'tadi.
SHuningdek, SHota Arveladze bilan birgalikda yangi murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi.
Unga
ko'ra, SHota Arveladzega gollandiyalik murabbiy Piter Xyuistra, jismoniy
tayyorgalik bo'yicha mutaxassis Laslo Yambor, Gocha Tkebuchava hamda Archil
Arveladze yordamlashishadi.
Matbuot anjumanidan keyin yangi
kelgan futbolchi, yangi murabbiylar shtabi hamda rahbariyat stadionda
muxlislarga tantanali ravishda tanishtirildi.
Matbuot anjumani haqida batafsil birozdan keyin saytimizda o'qiysiz.
Fikrlar