So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  0 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  2 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  0 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  3 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  0 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  6 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  43 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2

Rasmiy xabar. SHahzod Ubaydullaev - "SHaxtyor" (Soligorsk) futbolchisi Yangiliklar

Rasmiy xabar. SHahzod Ubaydullaev - "SHaxtyor" (Soligorsk) futbolchisi

Yangi mavsumda o'zbekistonlik futbol ishqibozlari UEFA chempionlari ligasida “SHaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo'lishdi.

Bu haqida "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to'purari SHahzod Ubaydullaev bugun Belarus chempioni – “SHaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi. 

Belarus chempionatida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullaev bo'lg'usi klubi qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kecha tomonlar bir to'xtamga kelishdi hamda o'zaro  shartnoma imzolandi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili mazkur klub sharafini o'zbekistonlik boshqa bir o'yinchi Jasur Yaxshiboev ham himoya etgandi.

SHahzod Ubaydullaev o'tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26 o'yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari SHahzod Ubaydullaev 2020 yilgi mavsumdan etiboran O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari etiboriga tushdi. MTJning yig'inlariga jalb etildi va uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirildi. SHahzod o'zining O'zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg'ol etgandi.

SHahzod Ubaydullaevga “Metallurg” tarkibidagi samarali mavsum uchun minnatdorchilik bildiramiz va “SHaxtyor” (Soligorsk) tarkibida Belarus chempionati hamda xalqaro maydonlarda omad yor bo'lishini tilaymiz",- deb yozadi klub o'zining rasmiy telegram sahifasida.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика