Rasman: SHahboz Jo'rabekov – “Navbahor” futbolchisi!
21 dek 2022 19:42
Yangiliklar
Mahoratli himoyachi SHahboz Jo'rabekov "Navbahor" klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Jo'rabekov 1997 yil 2 fevralda Jizzax shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2014 yili “So'g'diyona”da boshlab, 2022 yilgi mavsum yakuniga qadar mazkur jamoada o'ynadi.
SHahboz Jo'rabekov yakunlangan mavsumda jizzaxliklar tarkibida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 5 ta golga assistentlik qilgan.
Avvalroq SHahboz Jo'rabekov ham yangi mavsumni "Navbahor" tarkibida boshlashi haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar