Rasman: "Sevilya" yangi darvozabonini tanishtirdi
05 iyu 2021 01:12
Yangiliklar
Serbiya terma jamoasi darvozaboni Marko Dmitrovich faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi. Xabarlarga ko'ra, futbolchi Andalusiya klubi lageriga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
Serb posboni bilan to'rt yillik shartnoma imzonlangani qayd etilgan.
O'tgan mavsum Dmitrovich "Eybar" tarkibida 35 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan hamda 49 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikrlar