Rasman. Server Jeparov "Fulad Sepaxon" klubiga o'tdi FOTO
03 fev 2017 08:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/238530_original.jpg)
![](/upload/storage/238530_220.jpg)
Rasman. Server Jeparov "Fulad Sepaxon" klubiga o'tdi FOTO
O'zbekiston terma jamoasi azosi Server Jeparov 6 oy davomida Isfaxonning "Fulad Sepaxon" klubida o'ynaydi.
Tehronning "Istiqlol" klubi Jeparovni FIFA taqiqi tufayli maydonga tushira olmaydi. SHu bois klub uni yarim mavsumga ijaraga berdi.
"Fulad Sepaxon" (to'liq nomi: Foolad Mobarakeh Sepahan Football Club) 1953 yil tashkil topgan. Uy o'yinlarini 75000 tomoshabinga mo'ljallangan "Naqshi Jahon" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoaga Abdulloh Veysi boshchilik qilmoqda. U o'tgan mavsum "Istiqlol Xuziston" klubini sensacion tarzda Eron chempioni qilgandi.
"Fulad Sepaxon" safida Jeparovdan tashqari Li Oliveyra (Braziliya) va Mussa Kulibali (Mali) kabi legionerlar to'p tepishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar