

Tehronning "Istiqlol" klubi Jeparovni FIFA taqiqi tufayli maydonga tushira olmaydi. Shu bois klub uni yarim mavsumga ijaraga berdi.
"Fulad Sepaxon" (to'liq nomi: Foolad Mobarakeh Sepahan Football Club) 1953 yil tashkil topgan. Uy o'yinlarini 75000 tomoshabinga mo'ljallangan "Naqshi Jahon" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoaga Abdulloh Veysi boshchilik qilmoqda. U o'tgan mavsum "Istiqlol Xuziston" klubini sensacion tarzda Eron chempioni qilgandi.
"Fulad Sepaxon" safida Jeparovdan tashqari Li Oliveyra (Braziliya) va Mussa Kulibali (Mali) kabi legionerlar to'p tepishadi.





