Rasman: Sanches "Inter" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Klub u bilan tekinga bitim tuzdi
06 avg 2020 14:47
Yangiliklar
Rasman: Sanches "Inter" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Klub u bilan tekinga bitim tuzdi
Yarim himoyachi Aleksis Sanches faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.
Italyan klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli chililik futbolchi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Inter" ushbu bitim mutlaqo tekinga amalga oshirilganini bildirmoqda.
Oldinroq, Sanches "Manchester Yunayted" tarkibida to'p tepgan va 2019/20 yilgi mavsumda "Inter" libosida ijara asosida o'ynagan edi.
Xabar berilishicha, futbolchi "Inter"da yiliga 7 million evro ishlab topadi.
Futbolchi Milan jamoasi safida A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar