Rasman: Saloh "Liverpul"da qoldi!
11 apr 2025 12:40
Yangiliklar
Rasman: Saloh "Liverpul"da qoldi!
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati malum qildi. Endi 32 yoshli misrlik futbolchining ingliz grandi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt mobaynida 394 o'yinda ishtirok etib, 243 ta gol urdi va 111 ta golli uzatma berdi.
Saloh "qizillar" safida Angliya chempioni unvonini oldi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, ikki marta Angliya Liga kubogini yutdi hamda Chempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi. Bundan tashqari, hujumchi UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibligiga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar