Rasman: Ronald Kuman - "Barselona" bosh murabbiyi

Alisher
19 avg 2020, 14:38
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona" ustoziga aylandi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

57 yoshli mutaxassis Kataloniya klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Kumanning tanishtiruv marosimi bugun, aniqrog'i Toshkent vaqti bilan soat 21:00da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com