Rasman: "Roma" Mxitaryandan so'ng, "Atletiko" forvardini ijaraga oldi
02 sen 2019 22:15
Yangiliklar
Rasman: "Roma" Mxitaryandan so'ng, "Atletiko" forvardini ijaraga oldi
Arsenal yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan mavsum oxiriga qadar Romada ijara asosida harakat qilishi haqida xabar bergandik.
Rimliklar biroz oldin «Atletiko» forvardi Nikola Kalinichni ijaraga oldi. Kelishuv 2 mln. evroga amalga oshgan. Barchasi ijobiy tomonga qarab ketsa «Roma» 31 yoshli futbolchini 9 mln. evroga sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan. Kalinich «matraschilar» safida 17 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi.
Avvalroq, xorvatiyalik hujumchi A Seriyaning «Fiorentina» hamda «Milan» kabi jamoalarida harakat qilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar