

Rimliklar biroz oldin Atletiko forvardi Nikola Kalinichni ijaraga oldi. Kelishuv 2 mln. evroga amalga oshgan. Barchasi ijobiy tomonga qarab ketsa Roma 31 yoshli futbolchini 9 mln. evroga sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan. Kalinich matraschilar safida 17 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi.
Avvalroq, xorvatiyalik hujumchi A Seriyaning Fiorentina hamda Milan kabi jamoalarida harakat qilgandi.




