Rasman: "Real Madrid" Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o'tganini elon qildi
20 avg 2022 00:20
Yangiliklar


Rasman: "Real Madrid" Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o'tganini elon qildi
Klub o'z rasmiy sahifasida buni malum qildi.
"Real Madrid" klubi o'z futbolchisi Kazemironing "Manchester Yunayted"ga o'tganini malum qildi. "Real" o'z rasmiy saytida futbolchining barcha xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va u klub afsonasi ekanligini qayd etdi.
22 avgust kuni Kazemiro bilan xayrlashuv marosimi o'tkaziladi. Ushbu marosimda futbolchi bilan birgalikda klub prezidenti Florentino Peres qatnashadi. Xayrlashuv marosimidan so'ng Kazemiro OAV qarshisida savollarga javob beradi.
Malumot uchun, avvalroq 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachining transfer summasi 60 mln funt-sterlingni tashkil etishi xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 27

Fikrlar