Rasman: "Real" futbolchisi ijara asosida "Ovedo"ga o'tdi
15 jan 2020 16:18
Yangiliklar
Rasman: "Real" futbolchisi ijara asosida "Ovedo"ga o'tdi
"Real" darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini "Ovedo"da davom ettiradi.
Madrid klubi 20 yoshli darvozabonni 2020 yilning 30 iyunga qadar ijaraga berilganini tasdiqladi.
Ukrainalik futbolchi mavsumni "Valyadolid"da boshladi, ammo "Real" o'yin amaliyoti kamligi sabab muddatidan oldin Luninni ortga qaytardi.
Lunini joriy mavsum Ispaniya Kubogi doirasida "Valyadolid" safida jami 2ta o'yinda maydonga tushdi. Segundada esa harakat qilmadi.
Fikrlar